Yoaxim Lyov Gana terma jamoasini boshqarishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yoaxim Lyov 2026-yilgi jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.
Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yoaxim Lyov 2026-yilgi jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.
Eslatib o‘tamiz, Gana 31-mart kuni o‘z murabbiyi Otto Addoni iste’foga chiqargan edi.
«Gana terma jamoasidan hech kim men bilan rasman bog‘lanmadi», — dedi Lyov Sky Sport Germany nashriga bergan intervyusida.
Lyov 2006-yildan 2021-yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan va jamoani 2014-yilgi Braziliyadagi jahon chempionati hamda 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogidagi g‘alabalarga yetaklagan. U 2021-yilda iste’foga chiqqanidan beri ishsiz.
Gana o‘z tarixidagi beshinchi jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ular mundialning «L» guruhida Xorvatiya, Angliya va Panama terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.