Messi JCH-2022'dagi g'alabadan so'ng terma jamoa futbolchilariga qimmatbaho sovg'a bergan
Bu haqida uning jamoadoshi Rodrigo de Paul aytib berdi.
Argentinalik futbolchi Rodrigo de Paul 2022-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng Lionel Messidan olgan sovg‘asini yodga oldi. O‘shanda milliy terma jamoa yetakchisi har bir jamoadoshiga oltindan ishlangan eksklyuziv iPhone sovg‘a qilgan edi.
De Paulning tushuntirishicha, sovg‘alar avvaliga anonim tarzda (kimdan ekanligi aytilmasdan) topshirilgan — Messi o‘z shaxsini darrov oshkor qilishni istamagan.
«Umid qilamanki, sovg‘a sizlarga ma’qul keldi. Sizlar — oltin futbolchisizlar va bunday sovg‘alarga munosibsiz. Bu — mamlakatimiz va men uchun qilgan ishlaringiz uchun minnatdorchilik belgisidir. Sizlar — g‘olibsizlar», — degan xabarni Messi keyinchalik barcha jamoadoshlariga yo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2022-yilda XXI asrdagi o‘zining ilk mundial g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.