Xorazmda futbol rivojlanadi
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Xorazm viloyatida bölib, futbol maskanlari faoliyati bilan tanişdi.
Xorazm viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jörabek Rahimov hamda ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Irmatov viloyatda futbol infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, futbol ommaviyligini oşiriş hamda bolalar-ösmirlar futboli uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvda Xorazm viloyatida FIFA va ÖFA tomonidan jahon standartlariga javob beradigan sunʼiy qoplamali 2 ta zamonaviy futbol maşğulot maydonini barpo etiş böyiça muhim kelişuvga erişildi.

– Mazkur loyihalar viloyat hokimligi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Quriliş işlarini bugunoq boşlaş böyiça kelişib oldik, – deydi ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Irmatov. – Uşbu taşabbus viloyatda futbol infratuzilmasini mustahkamlaş, yoş futbolçilarning sifatli maşğulotlar olib borişi uçun qulay şaroit yaratiş hamda kelajakda yangi isteʼdodlarni kaşf etişga xizmat qiladi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va masʼullari Xorazm sport majmuasi hududida joylaşgan futbol infratuzilmasi obʼektlari faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Ularga Xorazm futbol assotsiatsiyasi, Xorazm futbol akademiyasi, futbol klubi faoliyati, şuningdek, taʼlim xonasi va loyihalaştirilayotgan futbol muzeyi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Mavjud imkoniyatlar, amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusidagi rivojlaniş istiqbollari közdan keçirildi. ÖFA rahbariyati tomonidan futbol tizimini yanada takomillaştiriş, infratuzilmani rivojlantiriş va yoş futbolçilar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlarni yaxşilaş yuzasidan tegişli körsatma va tavsiyalar berildi.

– Xorazmda futbolni rivojlantiriş, zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş hamda yoş avlod uçun yangi imkoniyatlar yaratiş yölidagi işlar izçil davom etmoqda, – deydi viloyat hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev. – Bugun Urganç davlat universiteti hududida qayta rekonstruksiya qilingan zamonaviy futbol maydonining oçiliş marosimida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati kelgusi mavsumlardan boşlab UrDU futbol jamoasini taşkil etiş hamda uning mamlakatimizning yuqori futbol ligalarida iştirok etişini taʼminlaş masalalari ham muhokama qilindi. Bu taşabbus universitetda futbolni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni kaşf etiş va Xorazm futbolining raqobatbardoşligini oşiriş yölidagi muhim qadamlardan biri bölişi kutilmoqda.

Samarali uçraşuvlar yakunida Xorazm viloyatida futbolni rivojlantirişga eʼtibor qaratilişi, amalga oşirilayotgan loyihalar qöllab-quvvatlanişi hamda yaqin kunlarda ÖFA va FIFA vakillari birgalikda viloyatga yana taşrif buyurişi taʼkidlandi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri