Ahadxon Kimsanboyev para şaxmat böyiça Osiyo çempioni
Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida para şaxmat böyiça ötayotgan 4-Osiyo çempionatining rapid yönalişida hamyurtimiz muvaffaqiyatga erişdi.
10 tadan ziyod davlatning 100 nafarga yaqin matonatli para şaxmatçilari iştirokida ötayotgan çempionatning rapid bahslarida hamyurtimiz Ahadxon Kimsanboyev 5 ta imkoniyatdan 4,5 oçko jamğarib, ğoliblikni qölga kiritdi.

Çempionatning ayollar dasturidagi rapid musobaqalarida hamyurtlarimizdan Aydana Abdullayeva 3 oçko bilan kuçli törtlikdan örin egalladi.
Yoşlar, ösmirlar va kattalar örtasida ötayotgan çempionatning blits musobaqalari davom etmoqda.
Bugungaça 9 ta turdan iborat blits öyinlarining 4 ta turi ortda qolgan vaziyatda FIDE bayroği ostida musobaqada qatnaşayotgan 2 nafar şaxmatçi 3,5 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Ularni taʼqib etayotgan 8 nafar para şaxmatçi hisobida 3 oçko mavjud.
Eʼtiborli jihati, 3 oçkoga egalik qilib turganlar orasida hamyurtimiz Bahodir Ğoyibnazarav ham bor.
Eslatib ötamiz, 8-noyabrga qadar davom etadigan para şaxmat çempionatida Özbekiston terma jamoasining 30 nafardan ziyod aʼzosi turli yönalişlarda dona surmoqda.
Tölqin Röziyev,
ÖzA