Kadastr palatasi xodimlari soğlom turmuş tarzi uçun bellaşdi
Zararli odatlardan voz keçiş, ommaviy sport bilan doimiy şuğullaniş va töğri ovqatlaniş tartibiga qatʼiy rioya qiliş soğlom turmuş tarzingning asosiy şartidir.
Davlat kadastrlari palatasida xodimlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, jismoniy faollikni oşiriş hamda jamoada döstona muhitni mustahkamlaş maqsadida “Davlat kadastrlari palatasi kubogi – 2026” sport musobaqasi taşkil etildi. Musobaqa iştirokçilari sportning turli yönalişlarida öz kuç va mahoratlarini sinovdan ötkazib, ğalaba uçun özaro bellaşdi. Bellaşuvlar davomida iştirokçilarning jismoniy tayyorgarligi, çaqqonligi, epçilligi va jamoaviy hamkorlik qobiliyati namoyon böldi.
Tadbir nafaqat sport musobaqasi, balki hamkasblar örtasidagi özaro hamjihatlikni mustahkamlaş, döstona munosabatlarni rivojlantiriş va xodimlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş uçun ham muhim imkoniyat böldi.

Maʼlumot örnida taʼkidlaş lozimki, hozirda aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 million nafarga yetgan, sport bilan doimiy şuğullanuvçilarning soni sönggi yillarda qariyb 1,5 barobarga oşgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA