Sportchi-talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Shu kunlarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida 2026–2027 o‘quv yili uchun “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilingan yangi talabalar uchun mazkur tadbirlar doirasida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Yosh talabalar bilan muloqot jarayonida mamlakatimiz sport ta’limida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xalqaro sport musobaqalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, shuningdek universitet hayoti va ichki tartib-qoidalari, o‘quv jarayonining imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi.

Savol-javoblarga boy tarzda kechgan uchrashuvda ta’lim muassasasida yoshlar uchun tashkil etilgan turli to‘garaklar, til kurslari, pazandachilik va sport guruhlari, odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimi hamda o‘quv va dars jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tashabbuskor yoshlar mamlakatimiz tayanchi, yangi O‘zbekistonning ertasi ekanligi ta’kidlanib, sportchi-talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy sport majmualari Vatanimizning xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘ini yanada sarbaland etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
T.Ro‘ziyev, O‘zA