"Manchester Siti" Chempionlar ligasini "Portu" ustidan g‘alaba bilan boshladi, Husanov zaxiradan maydonga tushdi
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Manchester Siti" safarda "Portu"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Dragau" stadionidagi uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.
Tanaffusdan so‘ng esa mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. 47-daqiqada Erling Holand hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, "Manchester Siti" murabbiylar shtabi ilk almashtirishni amalga oshirdi — Abduqodir Husanov Yoshko Gvardiol o‘rniga maydonga tushdi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi shu tariqa uchrashuvning qolgan qismida "shaharliklar" mudofaasida harakat qildi va jamoasi darvozasi daxlsiz qolishiga hissa qo‘shdi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Holand yana bir bor o‘z so‘zini aytdi va dubl qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:2.
Gollarni @Uzasport_media kanalida tomosha qiling.
Shu tariqa, "Manchester Siti" Chempionlar ligasining yangi mavsumini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
O‘zA