“Madaniy merosga mening hissam!” aksiyasi o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudarë tumanida joylashgan milodiy I–IV hamda IX–XI asrlarga oid noëb arxeologik ëdgorlik – “Chilpiq”da “Madaniy merosga mening hissam!” aksiyasi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Amudarë tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilib, uning asosiy maqsadi hududimizdagi boy tarixiy merosni asrab, ularni chuqur o‘rganish va keng jamoatchilikka targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

Aksiya davomida ishtirokchilarga “Chilpiq” arxeologiya ëdgorligining kelib chiqish tarixi, uning o‘ziga xos me’moriy tuzilishi, qadimiy davrlar haëtidan darak beruvchi ilmiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, ushbu ëdgorlikning o‘z davrida diniy-marosimiy markaz sifatida xizmat qilgani, bugungi kunda esa tariximizning muhim guvohi sifatida e’tirof etilishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida talaba-ëshlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan ëdgorlik hududi va uning atrofi obodonlashtirildi. Chiqindilardan tozalandi, ekologik tozalikni ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Bu esa ëshlarning nafaqat tarixga bo‘lgan hurmatini oshirish, balki ularni atrof-muhitga mas’uliyat bilan qarash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur aksiya ësh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga sadoqat, boy tarixiy merosimizga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA