G‘azoda deyarli 2 yillik tanaffusdan so‘ng davlat maktabi qayta ochildi
G‘azoda faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilgan ushbu maktabda 300 dan ortiq o‘quvchi yangi o‘quv yilini boshladi. Bu haqda “Middle East Monitor” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, so‘nggi 15 oy ichida birinchi marta Falastin anklavida umumiy o‘rta ta’lim maktabi ochilib, u yerda 300 dan ortiq bola o‘qishni boshladi.
2023 yil oktyabr oyida Falastin-Isroil mojarosi avj olgan vaqtda anklavdagi maktablarning aksariyati Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan, ko‘plab bolali oilalar uylarini tashlab, qochqinga aylangandi.