Peskov: Rossiya Armaniston bilan bo‘lajak saylovni muhokama qilish huquqiga ega
Moskva Armanistonda bo‘lajak saylov va arman tomonining kelajakdagi rejalarini Yerevan bilan muhokama qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Armaniston bizga yaqin mamlakat, biz chuqur umumiy tarixiy ildizlarga egamiz. Bu yerda yashovchi ulkan arman diasporasi 2 milliondan ortiq kishini tashkil qiladi. Shuning uchun Armaniston rahbariyati tomonidan tanlangan ustuvor yo‘nalishlar biz uchun alohida qiziqish uyg‘otadi”, dedi u.
Bundan tashqari, Peskov Putin va Pashinyan o‘rtasidagi uchrashuv “foydali va ochiqchasiga” kechganini bildirib, suhbat davomida tomonlar o‘z qarashini, ayniqsa bo‘lajak saylovdan kelib chiqib ifodalaganini ta’kidladi. Shuningdek, u Armaniston bir vaqtning o‘zida ham Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), ham Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lishining iloji yo‘qligini yana bir bor eslatib, Yerevan buni tushunishiga umid qildi.
S.Rahimov, O‘zA