"Barselona" Rodrining transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi - RAC1
Transfer yaqin 1 hafta ichida rasmiylashtiriladi.
"Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi Rodri Ernandes faoliyatini Kataloniyaning "Barselona" klubida davom ettirishi kutilmoqda.
Ispaniyaning RAC1 portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Barsa" 30 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini 50 million yevro evaziga "Siti"dan sotib oladigan bo‘ldi.
Jahon chempionati-2026'ning eng yaxshi futbolchisi 1 hafta ichida "ko‘k-anorranglilar" a’zosiga aylanishi kutilmoqda.