Messi terma jamoadan ketadimi? Argentina Futbol Assosiatsiyasi prezidenti munosabat bildirdi
AFA rahbarining ta’kidlashicha, 39 yoshli hujumchining terma jamoadagi kelajagi borasidagi har qanday qarori to‘liq hurmat qilinadi.
Argentina Futbol Assosiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia terma jamoa sardori Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
AFA rahbarining ta’kidlashicha, 39 yoshli hujumchining terma jamoadagi kelajagi borasidagi har qanday qarori to‘liq hurmat qilinadi.
"Bu mutlaqo uning shaxsiy qarori. Uni o‘z holiga qo‘yishimiz va xotirjamlik berishimiz kerak. 2022-yilda ham uning keyingi Jahon chempionatida o‘ynash-o‘ynamasligini bilmas edik. O‘shanda Leo faqat navbatdagi uchrashuv haqida o‘ylayotganini aytgandi va, mening nazarimda, biz mundialda Messining eng yuqori sport formasidagi talqiniga guvoh bo‘ldik.
Unga futboldan zavq olishda davom etishi uchun imkoniyat berish lozim, keyin esa u o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan qarorni qabul qiladi", — dedi Klaudio Tapia.