Rodri «Real»ga «Barselona»ga o‘tayotganini shaxsan ma’lum qildi
Bu haqda futbolchining agenti Pablo Barkero ma’lum qildi.
Angliyaning «Manchester Siti» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Bu haqda futbolchining agenti Pablo Barkero ma’lum qildi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi transfer masalasida madridliklarni oldindan ogohlantirgan.
«Muzokaralar davomida o‘zini juda munosib tutgan «Real»ga bo‘lgan hurmati sababli, Rodri «Barselona» foydasiga tanlov qilganini klub rahbariyatiga shaxsan yetkazdi», — deya Barkeroning so‘zlarini keltirdi El Larguero.
2019 yildan buyon «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelayotgan 30 yoshli futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan edi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda. Rodri «Siti» libosida jami 298 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 28 ta gol va 32 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Yarim himoyachi JCH-2026 musobaqasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi. O‘shanda Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda kiritilgan yagona gol evaziga (1:0) mag‘lub etib, jahon chempioniga aylangan. Rodri turnirdagi barcha 8 ta o‘yinda to‘liq harakat qilgan.