Ziyolisini eşitgan davlat – Özbekiston
Yangi Özbekistonda davlat va jamiyat örtasidagi oçiq muloqot davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Şu yölning mantiqiy davomi sifatida «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning hududiy yiğilişlari mamlakatning barça hududlarida bir vaqtda ötkazildi. ÖzA xabar berganidek, bunday kölamdagi muloqot mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor bölib ötdi.
Bir neça hududda ötgan muloqotlarda qatnaşar ekanman, bu şunçaki navbatdagi anjuman emas, haqiqatan tarixiy voqea ekaniga amin böldim: olim va yozuvçi, muallim va şifokor, imom-xatib va tadbirkor davlat bilan yurt kelajagi haqida oçiq va dadil gaplaşdi.
Barça hududlar «Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida birlaşdi. Bildirilgan fikr va takliflar umumlaştirilib, Toşkentda böladigan Kengaşning respublika yiğilişiga olib çiqiladi.
Bu voqeaning salmoğini anglaş uçun bir asrga orqaga qaraş kifoya. 1938-yilning oktabrida Abdulla Qodiriy, Çölpon va Fitrat otib taşlangan edi, ularning bor «aybi» xalqni maʼrifat bilan uyğotmoqçi bölgani edi. Prezidentimiz 2020-yilda öqituvçi va ziyolilarga murojaat qilar ekan, «Köpçilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamişa katta armon bilan öylayman» deb, uçinçi Renessansni XX asrdayoq maʼrifatparvar jadid bobolarimiz amalga oşirişlari mumkin bölganini eslatgan edi.
Bugun esa davlat ziyolilarni öz huzuriga çorlab, fikrini söramoqda, har bir taklifini yozib olmoqda. Tarixiy adolatning tiklanişi aynan şundir.
Ziyoli – millatning eng katta boyligi. Bizning zaminda bu haqiqat azaldan maʼlum. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar şahri» asarida baxtli jamiyatni bilim va fazilat boşqaradigan şahar sifatida tasvirlagan. Alişer Navoiy esa buyuk şoir böliş bilan birga davlat arbobi, olim va ijodkorlarning homiysi edi.
Bu anʼana XX asr boşida jadidlarda yangi kuç bilan uyğondi. Abdulla Avloniy 1913-yildayoq «Tarbiya bizlar uçun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» deb yozgan edi. Oradan bir asrdan ziyod vaqt ötib, Prezidentimiz şu haqiqatni bir jumlada ifodaladi: «Yakkayu yagona najotimiz – ilm».
Zamonaviy fan ham aynan şu xulosaga kelmoqda. Jahon bankining
«The Changing Wealth of Nations 2021» hisobotiga köra, inson kapitali, yaʼni odamlarning bilimi va malakasi dunyo boyligining 64 foizini taşkil etadi. Amerikalik siyosatşunos Robert Patnem esa Italiya hududlarini yigirma yil davomida örganib, davlat institutlari samaradorligini fuqarolar faolligi va özaro işonç, yaʼni ijtimoiy kapital belgilaşini isbotlagan.
Prezidentimiz mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda «Kelgusi ön yillik – biz uçun milliy yuksaliş davri böladi» deb eʼlon qildi. Yettita milliy dasturning birinçisi aynan bilim va malakani taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirişga qaratilgani bejiz emas. Bilim va malakani esa, avvalo, ziyoli yaratadi va avloddan avlodga yetkazadi.
Şu bois ziyoli taraqqiyotning çetdagi kuzatuvçisi emas, balki uning boş mualliflaridan biridir. Muallim bugun sinfda aytgan gap, olim bugun yozgan maqola, yozuvçi bugun yaratgan asar yigirma yildan keyin mamlakat taqdirini hal qiladigan avlodning dunyoqaraşiga aylanadi.
Ziyolilarga eʼtibor şior bölib qolmaganini sönggi ön yil voqealari körsatib turibdi. 2017-yilning 3-avgustida Prezidentimiz ijodkor ziyolilar bilan uçraşib, adabiyot, sanʼat va maʼnaviyat heç qaçon biznesga aylanmasligini, davlat bunga aslo yöl qöymasligini oçiq aytgan edi. 2020-yilda Öqituvçi va murabbiylar kuni tantanalari ilk bor davlat rahbari iştirokida ötdi, öşanda Prezidentimiz öqituvçi va murabbiylarni yangi Özbekistonni barpo etişdagi katta kuç va tayançimiz deb atadi.
2026-yilning may oyida esa davlatimiz rahbari Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi. Öşanda Prezidentimiz yoşlarni kitobga oşno qiliş öz faoliyatining ilk kunlaridanoq ustuvor vazifa bölib kelganini taʼkidladi.
Bu eʼtibor eng aniq körinadigan soha oliy taʼlimdir. 2016-yilda mamlakatimizda 77 ta oliy taʼlim muassasasi bor edi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2025/2026 öquv yili boşida ularning soni 215 taga yetdi. Ön yil avval yoşlarning atigi 9 foizi oliy taʼlimga qamrab olingan bölsa, 2024/2025 öquv yilida 18–23 yoşdagi aholining 47,7 foizi oliygohlarda tahsil oldi.
Bu ösiş bir tekis va uzluksiz keçdi: oliygohlar soni 2019-yilda 112 taga, 2021-yilda 156 taga, 2022-yilda esa 170 taga yetdi. Boşqaça aytganda, ön yil içida oliy taʼlim muassasalari qariyb uç barobar köpaydi, har yili örtaça 15 taga yaqin yangi oliygoh eşik oçdi.
Özgarişlar faqat taʼlim bilan çeklanib qolmadi. Prezidentimiz mustaqillikning 35 yilligi marosimida taʼkidlaganidek, 2017-yilda 35 foiz bölgan kambağallik darajasi 4 foizga tuşirildi. Ilgari yiliga 2–3 milliard dollar atrofida bölgan xorijiy investitsiyalar hajmi esa bugun 40–50 milliard dollarga yetdi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, aholining örtaça umr köriş davomiyligi ham 2015-yildagi 73,6 yoşdan 2025-yilda 75,4 yoşga uzaydi.
Bu raqamlar ortida aniq odamlar turibdi. Har bir yangi oliygohga domla, har bir şifoxonaga şifokor, har bir zavod loyihasiga muhandis kerak. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, sönggi ön yilda iqtisodiyot 2,5 barobardan ziyod ösdi, mamlakatga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Investitsiya esa, avvalo, bilimli kadr bor joyga keladi.
Ön yillikning eng yorqin ramzlaridan biri 2026-yil 17-martda rasman oçilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidir. Uning Uluğbek darvozasi peştoqiga Qurʼoni karimning «Iqro!», yaʼni «Öqi!» degan oyati muhrlangan. Mamlakatning eng ulkan maʼrifat maskanlaridan biriga kiriş darvozasida aynan şu söz turişi bejiz emas.
Muloqotlarda ilgari surilgan har bir taklif ortida aniq bir inson va aniq bir dard turadi. Eng köp tilga olingan mavzulardan biri ona tili, adabiyot va kitobxonlik böldi. Bu tasodif emas: til va kitob millatning xotirasi, ziyoli esa şu xotiraning posboni.
Prezidentimiz 2020-yilda Anqarada Turkiya Prezidenti huzuridagi kutubxonaning oçilişida millatni qudratli qiladigan narsa intellektual salohiyat va yuksak maʼnaviyat ekanini, bu yengilmas kuçning manbai esa kitob va kutubxonalar ekanini taʼkidlagan edi. Muloqotlarda tuğruqxona va oilaviy poliklinikalar orqali har bir çaqaloq oilasiga «Ilk kitobim» töplamini sovğa qiliş, asarlaridan kutubxonalarda foydalanilgani uçun özbek mualliflariga yillik haq tölaş kabi ğoyalar yangradi.
Hududlarning öziga xos dardlari ham ovoz topdi. Yer osti boyliklaridan tuşadigan daromadning bir qismidan kelajak avlodlar uçun hudud jamğarmasini tuziş, vaxta usulida işlovçilar oilalariga ijtimoiy-psixologik kömak körsatiş, olis çöl hududlaridagi kam sonli öquvçili maktablar uçun masofaviy tayanç maktab modelini joriy etiş şular jumlasidan.
Raqamli davr savollari ham çetda qolmadi. Davlat organlari fuqarolar haqida qaror qabul qilişda foydalanayotgan sunʼiy intellekt tizimlarining oçiq reyestrini yuritiş, bank yoki davlat idorasi nomidan qilinadigan soxta qönğiroqlarni aloqa operatorlari darajasida bloklaş takliflari bugun har bir oilaga taalluqli. Noyob madaniy merosni YUNESKO röyxatlariga kiritiş, sanʼatkor va blogerlar uçun kasbiy etika qoidalarini işlab çiqiş ğoyalari esa maʼnaviy muhit uçun qayğurişning ifodasidir.
Bu takliflarning hammasi ham ertagayoq amalga oşmasligi mumkin. Lekin ularning har biri kabinetda emas, hayot içida qöyilgan taşxisdir. Poytaxtdagi eng tajribali mutaxassis ham olis ovuldagi maktab yoki vaxtada işlaydigan oilaning dardini şu yerda yaşaydigan muallim va şifokordek aniq bilmaydi.
Endi asosiy vazifa bu noyob muloqotning bir martalik tadbir bölib qolmasligini taʼminlaşdir. Prezidentimiz faoliyatining ilk kunlaridanoq «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak» degan tamoyilni ilgari surgan. Bu tamoyil ziyolilar bilan muloqot muntazam bölgandagina töla maʼnoda hayotga köçadi.
Jahon tajribasi ham şuni körsatadi. Singapurda 2012–2013-yillarda ötkazilgan «Our Singapore Conversation» milliy muloqotida 47 mingdan ortiq fuqaro 660 dan ziyod uçraşuvda qatnaşdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti 2020-yilgi tadqiqotida dunyodagi 289 ta tajribani tahlil qilib, davlat institutlari bunday maslahatlaşuvlarni alohida loyihalardan doimiy amaliyotga aylantira boşlaganini qayd etdi. Finlyandiya parlamentida esa 1993-yilda tuzilgan Kelajak qömitasi 2000-yildan buyon doimiy qömita sifatida mamlakat kelajagi böyiça fikr markaziga aylangan.
Bizda buning uçun mustahkam asos bor. Yettita milliy dasturning birinçisi bilimni taraqqiyotning asosiy kapitaliga, oltinçisi esa mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisiga aylantirişni közda tutadi. Ziyolilar kengaşi şu ikki dasturni tutaştiradigan köprik böla oladi: mahalladan çiqqan ehtiyojni ilm tiliga, ilmiy yeçimni esa aniq qarorga aylantiradi.
Şu nuqtai nazardan quyidagi çoralar maqsadga muvofiq bölar edi:
har bir taklifga masʼul idora, muddat va natija körsatkiçi yozilgan «taklif pasporti» oçiş;
barça takliflarni oçiq elektron reyestrda yuritiş, toki muallif öz ğoyasining taqdirini kuzatib bora olsin;
hududiy yiğilişlar va respublika kengaşini har yili ötkazib, har safar avvalgi takliflar ijrosi böyiça hisobot beriş;
kengaşlar tarkibida yoş olim va ijodkorlarga alohida örin ajratiş;
muloqotlar samaradorligini mustaqil sotsiologik tadqiqotlar orqali muntazam ölçab boriş.
Yagona reyestr zarurligini muloqotlarning özi körsatdi: bir xil ğoya turli mualliflar tomonidan qayta-qayta ilgari surildi, ayrimlari esa allaqaçon amalda ekani maʼlum böldi. Reyestr bölganida bunday holatlar oldindan aniqlanar, ziyolining vaqti esa yangi ğoyaga sarflanar edi.
Bugun davlatlar örtasidagi raqobat köproq aql va bilim uçun ketmoqda. Bu raqobatda ziyolisini tizimli eşitadigan davlat oldinga çiqadi.
Xulosa qilib aytganda ziyolilarini eşitgan davlat bu – Özbekistondir. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş uçun «yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Uluğbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va şaroitlar»ni yaratiş zarurligini taʼkidlagan. Mamlakat böylab ötgan muloqotlar aynan şunday muhit şakllanayotganidan dalolat beradi. Jadidlar orzu qilgan manzara, yaʼni davlat va ziyolining bir stolda ötirib, yurt ertasini birga öylaşi bugun haqiqatga aylanmoqda.
Tarixdagi ikki Renessansni biz avvalo allomalar nomi bilan eslaymiz. Uçinçisi ham sinfxonada, laboratoriyada, yozuvçi stolida va şifokor xonasida tuğiladi.
Prezidentimiz 2017-yilda ijodkor ziyolilar bilan uçraşuvda katta işonç bildirib, «havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanʼatimiz ham albatta böladi» degan edi. Bu kelajak ziyolilarning fikri tizimli tinglanadigan yurtga tezroq keladi.
Ziyolilar kengaşi faoliyatining doimiy tizimga aylanişi Yangi Özbekiston strategiyasining tabiiy davomi, milliy yuksaliş davrining işonçli kafolati böladi. Ziyolisiga quloq tutgan davlatning yöli hamişa yoruğ böladi.
Doniyorbek Erkinjonov,
Demokratik jarayonlarni
tahlil qiliş markazi eksperti