Oila tarbiyasi: xalqaro tajriba va zamonaviy yeçimlar
Bugun Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Tarbiyaviy jarayonlarni transformatsiyalaşda ota-onalar pedagogik madaniyatini rivojlantiriş: xalqaro tajriba va innovatsion yeçimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi.
Mazkur xalqaro anjuman tarbiyaviy jarayonlarni transformatsiyalaş şaroitida ota-onalar pedagogik madaniyatini rivojlantirişning xalqaro tajribaga asoslangan nazariy-metodologik asoslarini takomillaştiriş, ilğor xorijiy tajriba va innovatsion yondaşuvlarni milliy taʼlim-tarbiya tizimiga integratsiya qiliş, oilaning tarbiyaviy salohiyatini yuksaltiriş, şuningdek, ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid pedagogik bilim, könikma va kompetensiyalarini rivojlantirişning samarali mexanizmlarini işlab çiqiş maqsadida taşkil etildi.


Anjumanda Germaniya, Belarus, Yaponiya va Indoneziya kabi davlatlardan yetakçi olimlar, tadqiqotçilar va pedagog-mutaxassislar, şuningdek, mahalliy ilmiy jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida tarbiyaviy jarayonlarni transformatsiyalaş şaroitida oila–maktab–mahalla hamkorligining integrativ mexanizmlari, ota-onalar pedagogik madaniyatini rivojlantirişning xalqaro tajribasi, ilğor xorijiy modellarni milliy taʼlim-tarbiya tizimiga integratsiya qiliş, şuningdek, oilaviy munosabatlar, ota-onalar masʼuliyati va farzand tarbiyasining dolzarb masalalari yuzasidan maʼruzalar, fikr-mulohazalar hamda tajriba almaşuvlari taşkil etildi.

Anjuman doirasidagi muhokamalar xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini kuçaytiriş hamda zamonaviy jamiyat talablariga mos ota-onalar pedagogik madaniyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA