Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida qatnashmoqda
Bugun, 13-aprel kuni Hong Kong va Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shaharlarida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-divizion o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Aytish lozim, O‘zbekiston xokkeychilari “B” guruhida Lyuksemburg, KXDR, Hong Kong, Mo‘g‘uliston, Filippin jamoalari bilan joy olgan bo‘lsa, “A” guruhida Tailand, Turkiya, Turkmaniston, JAR, Bosniya va Gersegovina, Meksika jamoalari kuch sinashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi bugungi o‘yinini Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Musobaqalar 19-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA