Yetakchilik yoshlar bilan birga harakat qilish demak (+video)
Bugungi kunda mahalla yoshlar yetakchisi yoshlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni foydali tashabbuslarga yo‘naltirish, bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Har bir yosh bilan individual ishlash, uning qiziqishi va imkoniyatini to‘g‘ri yo‘naltirish esa mahallada ijobiy o‘zgarishlar yaratadi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumani G‘ayrat mahallasi yoshlar yetakchisi Navro‘zbek Isomiddinov ham aynan shu tamoyil asosida faoliyat olib bormoqda. U mahalladagi yoshlarni sport, ta’lim, zamonaviy kasblar hamda tadbirkorlik yo‘nalishlariga jalb etib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlarni aniqlash, ularga zarur tavsiya va amaliy ko‘mak berish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish orqali G‘ayrat mahallasida tashabbuskor, faol va o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlar safi kengayib bormoqda.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/2CnRXEniE5o?si=bpj6kmvZP-gCDnCn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj)
O‘zA muxbiri