Standart talablariga javob bermaydigan o‘yinchoqlar realizatsiyasi to‘xtatildi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlari davomida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan, amaldagi standart hamda texnik reglament talablariga javob bermaydigan o‘yinchoqlar aniqlandi.
Xususan, Xorazm viloyatidagi nazorat xaridi davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan “Superlight Clay” nomli o‘yinchoq texnik reglament talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Farg‘ona viloyatidagi tekshiruvlarda ham standart talablariga javob bermaydigan boshqa turdagi o‘yinchoq mahsulotlari aniqlandi.
Tadbirlar yakuniga ko‘ra, ushbu sifatsiz mahsulotlarning sotilishi belgilangan tartibda to‘xtatildi. Ularning iste’mol bozoriga kirib borishining oldini olish maqsadida mahsulotlar utilizatsiya qilindi.
Mutasaddilar ota-onalar va iste’molchilarga bolalar uchun o‘yinchoq xarid qilishda ularning xavfsizlik talablariga muvofiqligiga, tegishli hujjatlari mavjudligiga va belgilangan standartlarga mosligiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etadi.
Hamroz Bayonov,O‘z