YeI muhim xom ashyo bo‘yicha Xitoyga qaramlikka qarshi qonun tayyorlamoqda
Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotning Xitoyga noyob yer unsurlari va boshqa muhim xom ashyo moddalariga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan qonunchilik tashabbusini tayyorlamoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar tarqatgan.
Yevropa Komissiyasi YeI mamlakatlaridagi kompaniyalarni strategik xom ashyo ta’minoti manbalarini diversifikatsiya qilishga majburlamoqchi. Bryussel biznes kuchayib borayotgan xavfga juda sekin javob berayotganini ta’kidlamoqda.
YeI komissari Ursula fon der Lyayen kechikish butun tuzilma xavfsizligiga tahdid solishidan xavotir bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi iqtisodiy nomutanosiblik savdo munosabatlarini zudlik bilan qayta taqsimlashni taqozo etmoqda.
Siyosat keskinlashishiga avvalroq noyob yer unsurlari eksportini cheklagan va shu orqali ko‘hna qit’a sanoatiga ta’sir ko‘rsata boshlagan Xitoy sababchi, deb hisoblaydi. OAV yozishicha, YeIning Xitoy bilan kunlik savdo kamomadi taxminan 1 milliard yevroga yetdi. Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bu nomutanosiblikni qabul qilib bo‘lmaydigan holat sifatida baholadi. YeI esa muloqot va bozorni adolatsiz raqobatdan himoyalash zarurligini qayd etgan. Xitoy, o‘z navbatida, G‘arbni erkin savdo tamoyilini buzishda ayblamoqda.
S.Rahimov, O‘zA