Eron-AQSH urushini tugatish Pokistonning geosiyosiy mavqeini oshiradimi?
“The Diplomat” nashri yozishicha, Pokiston vositachilik qilayotgan AQSH – Eron mojarosi bartaraf etilishi Islomobodning geosiyosiy mavqeini sezilarli darajada o‘zgartirishi, mamlakatga yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, jarayon hali beqarorligiga qaramay, Pokiston o‘z vositachiligi AQSH va Eron bilan aloqani mustahkamlash, investitsiyani ko‘paytirish, Eron – Pokiston gaz quvuri va energetika sohasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish kabi yirik infratuzilma loyihalarini tezlashtirishiga umid qilmoqda.
Mualliflar muvaffaqiyatli yechim Pokistonning G‘arbiy Osiyodagi strategik ahamiyatini oshirishi hamda energetika va xavfsizlik bilan bog‘liq ta’sirini kuchaytirishini taxmin qilyapti. Shu bilan birga, mutaxassislar Islomobod ichki islohotlarni amalga oshirib, iqtisodiyotini mustahkamlasagina, ehtimoliy tinchlik shartnomasidan foyda ko‘rishi mumkinligini ham ta’kidlamoqda.
Tahlilchilar fikricha, tashqi siyosatdagi jiddiy yutuqlarga qaramay, Pokiston o‘z ichki tarkibiy muammolarini ham hal qilishi kerak. Tarixan mamlakat tez-tez duch keladigan muhim diplomatik yutuqlar barqaror ichki islohotlar bilan birga kelmagan vaziyatlar uzoq muddatli ta’sir kuchini cheklaydi.
S.Rahimov, O‘zA