Yangi makonda yangi imkoniyatlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Yangi makon” ovul fuqarolar yig‘inida yangi 20-maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Markazdan bir necha kilometr uzoqda joylashgan mazkur hududda ilgari maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmagan. Shu bois ota-onalar farzandlarini tuman markazi yoki qo‘shni qishloqlardagi bog‘chalarga olib borishga majbur edi.
Endi bu muammo ortda qoldi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 18-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida hududda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi barpo etildi.
Zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega mazkur ta’lim maskanining ishga tushirilishi hudud aholisi, xususan, ota-onalar uchun katta qulaylik yaratdi. Endi kichkintoylar uzoq masofani bosib o‘tmay, o‘z ovulida ta’lim-tarbiya olish imkoniga ega.
[gallery-31595]
Yangi bog‘chada bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda ular zamonaviy talablar asosida ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, turli mashg‘ulotlarda ishtirok etishi va o‘z qobiliyatini namoyon qilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Yangi makonda qad rostlagan ushbu ta’lim maskani hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish barobarida, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
<iframe width="733" height="412" src="https://www.youtube.com/embed/LSaBjIOLSUc" title="Yangi makonda yangi imkoniyatlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA