TATU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
Ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va izlanish har qanday yutuqning asosi. Bugungi yoshlar esa nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro maydonlarda ham o‘z salohiyatini namoyon etmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talabalari joriy yilning 22–29-mart kunlari Ashxobod shahrida o‘tkazilgan "OMOUS-2026" xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

Ozodbek Tursunaliyev — bronza medali (Dasturiy injiniring fakulteti);
Ruzimurod Abdug‘afforov — bronza medali (Kiberxavfsizlik fakulteti).

TATU talabalarining mazkur xalqaro olimpiadadagi ishtiroki yoshlarimizning intellektual salohiyati yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdi. Qo‘lga kiritilgan ushbu yutuqlar ularning kelgusida yanada katta marralarni zabt etishiga mustahkam zamin yaratadi.
N.Rahmonova,
O‘zA