Tajriba almaşiş taraqqiyotga xizmat qiladi
Respublikadagi barça viloyat hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari Toşkent viloyatida bölib, hududda qişloq xöjaligi hamda turizm sohalarida amalga oşirilayotgan işlar va ilğor tajribalar bilan tanişdi.
Dastlab, Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari X.Qoraboyev delegatsiya vakillariga Böstonliq tumanidagi “AGROVER” MÇJga qaraşli “Böstonliq kartoşkaçilik markazi” faoliyati haqida maʼlumot berdi.
Bu yerda kartoşka uruğlarini qadoqlaş, eksportga tayyorlaş, şuningdek, içki bozorni sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan taʼminlaş jarayonlari namoyiş etildi. Şu bilan birga, kartoşkaning serhosil navlarini yetiştiriş, hosilni saqlaş, hosildorlikni oşiriş va qişloq xöjaligi yerlaridan samarali foydalaniş borasida töplangan tajribalar taqdim etildi.

Uçraşuv davomida takroriy ekin ekiş orqali mavjud imkoniyatlardan unumli foydalaniş, mahsulot yetiştiriş hajmini köpaytiriş hamda eksport salohiyatini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Taşrif dasturi doirasida delegatsiya vakillari viloyatdagi yangi turizm obʼektlari faoliyati bilan ham tanişdi. Uşbu maskanlarda yaratilgan şaroitlar, xizmat körsatiş imkoniyatlari va hudud infratuzilmasini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi.

Mazkur örganiş işlari hududlar örtasida özaro tajriba almaşiş, qişloq xöjaligida samarali yondaşuvlarni ommalaştiriş, şuningdek, agrar va turizm sohalarida mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanişga xizmat qiladi.
A.Musayev,ÖzA