Özbekistonda xalqaro farmatsevtika körgazmalari taşkil etiladi
Milliy tibbiyot markazida “Puşti oktabr” — kökrak bezi saratoniga qarşi kuraşiş oyligi doirasida ayollar uçun taşkil etilgan xayriya aksiyasi yuqori saviyada ötdi. Aksiya davomida yuzdan ortiq xotin-qizlar malakali ginekolog va mammologlar tomonidan bepul tibbiy körikdan ötkazilib, ularga zarur mutaxassis maslahatlari berildi.
***
Joriy yilning 1-noyabr kuni soat 03:30 larda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tez tibbiy yordam maşinasida çaqaloq dunyoga keldi. Navbatçi şifokor Xonsuluv Masrurova hamda feldşer Salima Mavlonova qizçaning dunyoga kelişiga yaqindan kömaklaşdi.
Ayni paytda ona va çaqaloqning salomatligi yaxşi, malakali şifokorlar nazorati ostida.
***
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutining «Synapse» jamoasi nufuzli III xalqaro «Kelajak tibbiyoti – 2026» olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnaşib, 25 davlatdan kelgan 102 ta jamoa orasida faxrli 8-örinni qölga kiritdi. Markaziy Osiyo universiteti mezbonlik qilgan mazkur nufuzli musobaqada Buyuk Britaniya, Italiya, Şveysariya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va boşqa qator davlatlarning bölajak şifokorlari öz bilim va salohiyatlarini sinovdan ötkazdi.
***
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasida 2026-yilning uçinçi çoragi yakunlariga bağişlangan Hayʼat yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişni Qömita raisi Bahodir Yusupaliyev oçib berdi.
Hududiy boşqarmalar va tizim taşkilotlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, aniqlangan kamçiliklar hamda ularni bartaraf etiş çoralari haqida maʼlumot berildi. Kamçiliklarga yöl qöygan taşkilotlar ogohlantirildi. OIV infeksiyasiga qarşi kuraşiş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi va davolaş-profilaktika muassasalarida şifoxona içi infeksiyalarining oldini oliş borasidagi işlar haqida ham söz yuritildi. Şuningdek, kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, mavjud muammolar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
***
Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori boşçiligidagi Agentlik hamda “Pharm Service” davlat muassasasi vakillari xalqaro farmatsevtika körgazmalarining yetakçi taşkilotçilaridan biri — Informa Markets (CPHI) kompaniyasi direktori Orxan Çaglayan (Orhan Caglayan) bilan hamkorlik va strategik şeriklik istiqbollari yuzasidan onlayn muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuv davomida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, strategik şeriklikni rivojlantiriş hamda Özbekistonda xalqaro miqyosdagi farmatsevtika körgazmalari va sohaviy tadbirlarni taşkil etiş istiqbollari muhokama qilindi.
***
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengaşining 3-son yiğilişi bölib ötdi. Kengaş avvalida ilm-fan rivojiga munosib hissa qöşayotgan professor-öqituvçilar va iqtidorli yoş olimlar faoliyati eʼtirof etilib, bir qator xodimlarga professor, dotsent, fan doktori hamda falsafa fanlari doktori ilmiy unvonlari topşirildi.
Şundan söng kun tartibidagi muhim masalalar körib çiqilib, Tibbiy-pedagogika va davolaş hamda Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetlari dekanlarining hisobotlari tinglandi. Şuningdek, qabul hayʼatining 2026–2027 öquv yili qabuli yakunlari böyiça axboroti eşitildi va professor-öqituvçilarni tanlov asosida lavozimlarga saylaş masalalari muhokama qilindi.
***
Qozoğistonning Ostona şahrida taşkil etilgan «United Medical Expo-2026» xalqaro tibbiyot körgazmasida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi – Gustave Roussy International Özbekiston tibbiyot markazi vakillari faol qatnaşdi.
Dunyoning 15 davlatidan 100 dan ortiq yetakçi kompaniyalar, klinikalar va soha ekspertlarini bir maydonda jamlagan mazkur körgazma tibbiyot texnikasi, şifoxona uskunalari, farmatsevtika, raqamli tibbiyot va tibbiy turizm yönalişlaridagi sönggi yangiliklarni namoyiş etdi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA