Transport sohasidagi jinoyatlar böyiça 97 ta jinoyat işi qözğatildi
Transport sohasida qonuniylikni taʼminlaş, davlat mablağlaridan samarali foydalaniş va qonunbuzilişlarning oldini oliş borasida qanday işlar amalga oşirilmoqda?
Özbekiston Respublikasi Transport prokurorining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot böyiça katta yordamçisi Hulkar Mansurova bu borada quyidagilarni gapirib berdi:
– Transport infratuzilmasidagi quriliş işlari, investitsiya loyihalari va byudjet mablağlaridan foydalaniş prokuror nazoratining muhim yönalişlaridan.
Mazkur yönalişda joriy yil ötgan davrida 3 ming 350 ta prokuror nazorati hujjati qöllanilib, jiddiy qonunbuzilişlar yuzasidan 97 ta jinoyat işi qözğatildi. Ötkazilgan 317 ta nazorat tadbiri natijasida 345 ta taqdimnoma kiritildi, 894 ta qaror qabul qilindi va 616 ta ogohlantiriş qöllanildi.
Transport prokuraturasining quriliş ştabi tomonidan davlat dasturlariga kiritilgan, joriy yilda quriliş-taʼmirlaş işlari boşlanadigan 37 ta obʼektning loyiha-smeta hujjatlari örganildi. Natijada 544,2 milliard sömlik ortiqça xarajatning oldi olindi.
2026-yilgi «Taşabbusli byudjet»ning birinçi mavsumida 945 ta loyiha ğolib deb topilib, 2 ming 501 kilometr içki yölni quriş va taʼmirlaş uçun 1 trillion 494 milliard söm ajratildi.
Barça obʼektlarning loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, ekspertiza xulosalari olindi va pudratçilar aniqlandi. Hozirga qadar 821 ta obʼekt foydalanişga topşirildi, qolgan 124 tasida quriliş-montaj işlari davom etmoqda.
Transport ştabi taşabbusi bilan foydalanişga topşirilmagan 52 ta obʼekt böyiça buyurtmaçilar tomonidan sudlarga 5,9 milliard sömlik jarima qöllaş haqida daʼvo arizalari kiritilişi taʼminlandi. Dastur doirasida 61 milliard 567 million sömning ortiqça sarflanişiga yöl qöyilmadi.
Hisobot davrida investitsiya loyihalari böyiça 743,5 ming AQŞ dollari miqdorida xorijiy investitsiya özlaştirilib, reja 106 foizga bajarildi.
Tadbirkorlar bilan uçraşuv va sayyor qabullarda 75 ta murojaat kelib tuşdi. Ularning 41 tasi joyida hal etildi, 25 tasi qanoatlantirildi. Qolganlari tegişli tartibda körib çiqiş uçun yuborildi yoki nazoratga olindi.
Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş, zararni qoplaş hamda buzilgan huquqlarni tiklaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Transport prokuraturasining nazorat hududida jinoyatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kamaydi. Jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 62 milliard 711 million sömlik zarar undirildi.
Temir yöllarda harakat xavfsizligini taʼminlaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida Içki işlar vazirligining Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlaş departamenti bilan hamkorlikda reydlar ötkazilmoqda. Reydlarda 23 ming 517 ta maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirilib, 1 milliard 661 million 296 ming söm jarima tayinlandi.
Prokuror nazorati sohasida 351 tekşiriş ötkazilib, 3 ming 546 ta prokuror nazorati hujjati qöllanildi. Natijada 655 nafar şaxs intizomiy, 643 nafar şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi. 1 ming 67 nafar fuqaro va 62 ta yuridik şaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Transport prokuraturasi va hududiy transport prokurorlari tomonidan soha xodimlari hamda fuqarolar bilan muntazam sayyor qabullar ötkazilmoqda. Hisobot davrida 3 ming 374 nafar fuqaro qabul qilinib, murojaatlarni körib çiqiş natijasida 114 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Huquqiy xabardorlikni oşiriş maqsadida 3 ming 852 ta tarğibot tadbiri ötkazildi, ommaviy axborot vositalarida 1 ming 258 ta çiqiş taşkil etildi. Ularda transport qonunçiligi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda xavfsizlik qoidalari tuşuntirildi.
Transport tizimini 2030-yilga qadar rivojlantiriş böyiça muhim maqsadlar belgilangan. Transport xizmatlari hajmini 320 trillion sömdan, tranzit taşuvlarni 18,5 million tonnadan oşiriş, şahar va tumanlarni jamoat transporti bilan töliq qamrab oliş rejalaştirilgan. Yangi avtobuslar sonini 5 mingtaga, elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkaziş közda tutilgan.
Elektrlaştirilgan temir yöllar uluşini 65 foizga, tezyurar poyezdlarda yölovçi taşiş hajmini 3 million 250 ming nafarga yetkaziş maqsad qilingan. Aviatsiya sohasida havo kemalari sonini 180 taga, aviaqatnovlarni 200 mingtaga, yölovçilar sonini 24 million nafarga yetkaziş belgilangan.
Transport prokuraturasi uşbu islohotlarning qonuniyligini taʼminlaş, davlat mablağlarining samarali sarflanişi, xavfsizlik talablariga rioya etilişi va fuqarolar huquqlarini himoya qiliş borasidagi işlarini izçil davom ettiradi.
Norgul Abduraimova,
ÖzA