Tadbirkor murojaati amaliy yeçim topdi
Buxoro viloyati bojxona boşqarmasida tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlarini örganiş va ularga amaliy yordam körsatiş orqali işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, xususiy sektor vakillarining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning muammolarini idorama-idora sarson bölmasdan, joyida hal etiş böyiça ilgari surilayotgan taşabbuslar davlat organlari faoliyatida ham yangi yondaşuvlarni talab etmoqda. Bunda asosiy eʼtibor tadbirkorga tösiq böliş emas, balki uning qonuniy faoliyatini yengillaştiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişiga kömaklaşişga qaratilgan.
Buxoro viloyati bojxona boşqarmasida ötkazilgan navbatdagi muloqotda “KAMALAK SHABNAM TEKS” masʼuliyati çeklangan jamiyatining import-eksport faoliyatini taşkil etiş va bojxona tartib-taomillari bilan boğliq murojaati örganilib, korxona vakillariga amaliy yordam körsatildi. Muloqot boşqarma boşliği B. Muratov rahbarligida taşkil etildi.
Murojaatda korxona vakillari Germaniyaning nufuzli “Curt Bauer GmbH” kompaniyasi bilan 17 million yevro qiymatidagi şartnoma doirasida brendni Özbekistonga relokatsiya qiliş jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarga eʼtibor qaratişdi. Xususan, katta hajmdagi yarim tayyor töqimaçilik mahsulotlarini import qiliş va ularni mamlakatimiz hududida bojxona hududida qayta işlaş rejimi asosida rasmiylaştiriş böyiça tuşuntiriş va amaliy kömak söraldi.


Masʼullar tomonidan tadbirkorlarga “Bojxona hududida qayta işlaş” bojxona rejimi, vakolatli iqtisodiy operator maqomini oliş imkoniyatlari, taşqi savdo şartnomalarini rasmiylaştiriş hamda bojxona tölovlariga oid talablar batafsil tuşuntirildi. Şuningdek, korxonaning işlab çiqariş salohiyati va taşqi iqtisodiy faoliyatidan kelib çiqib, amaldagi qonunçilikda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar berildi. Mazkur hamkorlikning iqtisodiy ahamiyati ham salmoqli. Korxona joriy yilda 4,5 million dollarlik 1 ming 600 tonna tovar import qilgan. Şu bilan birga, 2,65 million dollar qiymatidagi 855 tonna töqimaçilik matolari va soçiqlar eksportga yönaltirilgan. Bu raqamlar korxonaning taşqi savdo faoliyatidagi iştirokini körsatiş bilan birga, bojxona tartib-taomillarini töğri va samarali taşkil etiş işlab çiqariş hamda eksport natijalari uçun qançalik muhimligini ham anglatadi. Ayniqsa, xorijiy brendni mahalliy işlab çiqarişga jalb etiş, yarim tayyor mahsulotlarni qayta işlaş va tayyor mahsulotlarni taşqi bozorlarga çiqariş jarayonida bojxona qonunçiligidagi imkoniyatlardan töğri foydalaniş tadbirkor uçun muhim omil hisoblanadi.
Boşqarmada murojaatlar bilan işlaş samaradorligi raqamlarda ham öz ifodasini topmoqda. Jumladan, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida jami 108 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 22 tasi yozma, 56 tasi elektron, 30 tasi oğzaki şaklda bildirilgan. Murojaatçilarning 55 nafari jismoniy şaxslar, 53 nafari yuridik şaxslardir.
Hisobot davrida 107 ta murojaat körib çiqilib, 75 tasi böyiça amaliy çoralar körilgan, 26 tasi yuzasidan tuşuntiriş berilgan, 6 tasi esa tegişliligi böyiça boşqa idoralarga yuborilgan. Ayni paytda bir murojaatni örganiş davom etmoqda.


Eʼtiborlisi, kelib tuşgan murojaatlarning 56 tasi elektron şaklda bölgani tadbirkorlar va fuqarolar davlat organlari bilan masofadan turib muloqot qiliş imkoniyatlaridan ham faol foydalanayotganini körsatadi. Bu esa murojaatlarni tezkor körib çiqiş, ularning mazmunini çuqur örganiş va har bir masalaga manzilli yondaşiş zaruratini yanada oşiradi.
Zero, tadbirkor uçun öz vaqtida berilgan huquqiy maslahat, bojxona rasmiylaştiruvidagi aniq tuşuntiriş yoki qonuniy yeçim işlab çiqariş jarayonining uzluksizligini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Bunday yondaşuv nafaqat alohida korxona faoliyatiga, balki hududning investitsiyaviy jozibadorligi, eksport salohiyati va yangi iş örinlari yaratilişiga ham ijobiy taʼsir körsatadi.
Buxoro viloyati bojxona boşqarmasida murojaatlar bilan işlaşda asosiy eʼtibor ularni şunçaki körib çiqiş bilan çeklanmasdan, tadbirkor va fuqarolarning muammolarini qonunçilik doirasida hal etiş, işonçli muloqotni yölga qöyiş va amaliy natijaga erişişga qaratilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri