Nuroniylar – Prezident maktubi mazmun-mohiyatini yoşlarga yetkazmoqda
Surxondaryo viloyatidagi Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov mahallalardagi faol nuroniylar bilan uçraşib, davlatimiz rahbarining nabirasiga yöllagan maktubi mazmun-mohiyatini har bir mahalladagi yoşlarga yetkaziş, ularda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, umummilliy qadriyatlarga hurmat, odob-axloq va masʼuliyat tuyğularini mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşdi.
Maktubda mamlakatimiz yoşlariga aytilgan hayotiy nasihat va bildirilgan samimiy tilaklar öğil-qizlarning ilm-fan sirlarini çuqur egallaşi, kamtarlik va vatanparvarlik, halollik va mehnatsevarlik, milliy ğurur va iftixor singari yuksak xislatlarini yanada keng namoyon etişiga ruhlantirgani qayd etilib, yoşlarning bunday insoniy fazilatlarni asrab-avaylaş könikmalarini yuksaltiriş böyiça taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Oçiq muloqot çoğida, şuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlab, obodonlaştiriş işlariga nuroniylarni keng jalb etiş, aholi örtasida soğlom dunyoqaraşni şakllantiriş va turli yot oqimlar taʼsiriga tuşib qolişning oldini oliş masalalari muhokama etildi. Yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş, “10 yoşga bir nuroniy” tamoyili asosida yoş avlodga hayotiy tajriba va pand-nasihat berib borib, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaşga munosib hissa qöşişga eʼtibor qaratildi.

Uçraşuvda nuroniylarning taklif va murojaatlari ham tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etiş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olindi.

Muloqot yakunida nuroniylar Yangi Özbekistonga tinçlik, yurtimizga osoyiştalik, Prezidentimizga uzoq umr, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga bardavomlik tilab, duoga qöl oçdi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri