Qaşqadaryoda “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi ötkazildi
Qaşqadaryo viloyati adliya boşqarmasi tomonidan nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyati, isteʼdodi va ijodiy imkoniyatlarini keng tarğib etiş maqsadida “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi taşkil etildi.
Tadbirda Adliya vazirligining işçi guruhi, 20 dan ortiq davlat taşkiloti vakillari hamda 200 nafardan ziyod iştirokçi qatnaşdi.

Aksiya doirasida nogironligi bölgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan qöl mehnati namunalari namoyiş etildi. Ularda iştirokçilarning isteʼdodi, mehnatsevarligi va yaratuvçanlik qobiliyati öz ifodasini topdi.
Tadbir davomida ijodiy işlari va mehnati bilan eʼtibor qozongan iştirokçilarga taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari topşirildi.

Mazkur aksiya nogironligi bölgan şaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, ularning qobiliyati va isteʼdodini eʼtirof etiş, ijtimoiy jarayonlardagi iştirokini kengaytirişga qaratildi.
Zero, har bir inson eʼtibor, hurmat va munosib eʼtirofga loyiq.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri