Superkompyuter JCh-2026 g'olibligi uchun jamoalarning imkoniyatlarini baholadi
Ispaniya turnir chempionligi uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.
«Opta» tahlilchilari superkompyuter yordamida futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning gʻalaba qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Hisob-kitoblarga koʻra, Ispaniya terma jamoasi musobaqaning eng asosiy favoriti deb topilgan. «Qizil furiya»ning turnirda zafar quchish imkoniyati 16,12 foizga baholangan. Qayd etish joizki, ispanlar soʻnggi uchta jahon chempionatida 1/8 final bosqichidan uzoqqa bura olmagan edi.
Ikkinchi oʻrinni 12,98 foiz koʻrsatkich bilan Fransiya terma jamoasi egalladi. Kuchli uchlikni esa Angliya terma jamoasi (11,18 foiz) yakunlab berdi.
Superkompyuter talqiniga koʻra, chempionlikka daʼvogar top-10 terma jamoa roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:
Ispaniya — 16,12%
Fransiya — 12,98%
Angliya — 11,18%
Argentina — 10,36%
Portugaliya — 7%
Braziliya — 6,61%
Germaniya — 5,12%
Niderlandiya — 3,62%
Norvegiya — 3,51%
Belgiya — 2,37%
Maʼlumot oʻrnida, Qatarda boʻlib oʻtgan soʻnggi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.