Dembele Jahon chempionatlaridagi 32 yillik rekordni takrorladi
Guruh bosqichining 3-turi doirasida Norvegiyaga qarshi bahsning (4:1) dastlabki boʻlimidayoq Dembele raqib darvozasini uch bor aniq nishonga oldi.
Fransiya milliy terma jamoasi forvardi Usmon Dembele turnir boshidagi tanqidlardan soʻng super o'yin namoyish etishda davom etmoqda. Guruh bosqichining 3-turi doirasida Norvegiyaga qarshi bahsning (4:1) dastlabki boʻlimidayoq Dembele raqib darvozasini uch bor aniq nishonga oldi.
Ushbu muvaffaqiyat evaziga 2025-yilgi "Oltin toʻp" sohibi boʻlgan hujumchi Jahon chempionatlari tarixida unutilmas natija qayd etdi va uzoq yillik rekordni yangiladi.
Fransiyalik vinger oʻyinning dastlabki 45 daqiqasida xet-trik rasmiylashtirib, mundiallar tarixida 1994-yildan beri birinchi boʻlimning oʻzidayoq uchta gol urishga muvaffaq boʻlgan ilk futbolchiga aylandi.
Futbol olamida 32 yil davomida hech kimga nasib etmagan ushbu natijaga oxirgi marta AQSh maydonlarida oʻtgan JCH-1994 musobaqasida rossiyalik hujumchi Oleg Salenko erishgan edi. Oʻshanda Salenko Kamerun terma jamoasi darvozasiga jami 5 ta gol urib, daxshatli rekord oʻrnatgan va uchrashuvning dastlabki boʻlimidayoq raqibni 3 bor jazolagan edi.