JCH-2026. Hal qiluvchi pallaga boshlanmoqda: Pley-offning 9 ta juftligi aniq boʻldi
Hozirga kelib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan 9 ta juftlik rasman shakllandi.
Shimoliy Amerika maydonlarida oʻtayotgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida guruh bosqichining hal qiluvchi bahslari yakuniga yetib bormoqda. Bugungi uchrashuvlardan soʻng, musobaqaning 1/16 final pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan dastlabki jamoalar va ularning raqiblari nomi maʼlum boʻldi.
Hozirga kelib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan 9 ta juftlik rasman shakllandi.
Murosasiz bahslar: Grandlar kimga qarshi oʻynaydi?
Pley-offning ilk bosqichidayoq muxlislarni bir qator qiziqarli va kutilmagan toʻqnashuvlar kutib turibdi. Xususan, guruh bosqichida sensatsiya qayd etgan jamoalar endi grandlarga qarshi saf tortadi. Shakllangan juftliklar roʻyxati quyidagicha koʻrinish olgan:
JAR — Kanada
Niderlandiya — Marokash
Germaniya — Paragvay
Fransiya — Shvetsiya
AQSh — Bosniya va Gersegovina
Braziliya — Yaponiya
Kot-d'Ivuar — Norvegiya
Argentina — Kabo-Verde
Avstraliya — Misr
JCH-2026 guruh bosqichining qolgan oʻyinlari yakunlangach, pley-offning barcha qatnashchilari va toʻliq turnir setkasi aniq boʻladi. 1/16 finalning ilk uchrashuvlari guruh oʻyinlari butkul yakuniga etishi bilan start oladi.