Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot garovi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Xonobod shahrida “Sport kuni” munosabati bilan ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi.
Shahar hokimi boshchiligida o‘tkazilgan mazkur tadbir aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish va yoshlarni sportga keng jalb etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
[gallery-28891]
Ertalabki mashqlarda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari, turli tashkilot va idoralar xodimlari faol ishtirok etdi. Ular uchun jismoniy mashqlar, yengil yugurish va jamoaviy harakatlar tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar ishtirokchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, jamoaviylik muhitini kuchaytirish va kunni tetik kayfiyatda boshlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda bunday ommaviy tadbirlarning ahamiyati katta.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA