SOCAR Kulevi porti orqali O‘zbekiston dizel yoqilg‘isi tranzitini yo‘lga qo‘yadi
Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi – SOCAR Gruziyaning Qora dengizdagi Kulevi porti orqali O‘zbekistondan dizel yonilg‘isini jahon bozoriga yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda “SOCAR Trading” kompaniyasi xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i To‘g‘rul Ko‘charli ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, milliy neft mahsulotlarini xalqaro bozorga tranzitini amalga oshirish va eksport qilishda Ozarbayjonning ko‘p yillik biznes sherigi hisoblangan Qozog‘iston va Turkmanistondan farqli o‘laroq, ayni yo‘nalishda Toshkent bilan hamkorlik joriy yil boshlangan.
– Aslida, birga ishlash uchun poydevor ancha oldin – tomonlar o‘rtasida tuzilgan uch yillik “Turon” energetika loyihasi doirasida qo‘yilgan, – deya qo‘shimcha qildi Ko‘charli. – Faqat tashabbusni hayotga joriy qilish va faol amaliyot jarayoni shu yil yo‘lga qo‘yildi.
S.Rahimov, O‘zA