Belarusdan yuk ortilgan ilk tranzit reys Shimoliy dengiz orqali Xitoyga yo‘l oldi
Dunyoda sodir bo‘layotgan turli darajadagi qurolli to‘qnashuvlar tufayli jahon suv yo‘lidagi qatnov bilan bog‘liq xavfsizlik dolzarb muammoga aylandi. Boshqacha aytganda, davlatlar yangi suv yo‘llarini qidirmoqda.
Masalan, “BelTA” telegraf agentligi xabar berishicha, Belarusdan ortilgan yuk bilan birinchi tranzit reys Shimoliy dengiz bo‘ylab Xitoyga yo‘l oldi. Ushbu axborot “Rosatom” davlat korporatsiyasi ijtimoiy tarmoq sahifasiga tayanib tarqatilgan.
– Balker sahnida 77 000 tonna yuk bilan Rossiyaning Ust-Luga portidan Xitoy shimoli-sharqidagi Bayutsyuan bandargohiga yo‘l oldi, – deyilgan xabarda.
Kema belgilangan manzilga 13-oktabr kuni yetib borishi kutilyapti.
A.Mamatov, O‘zA