Singapur bilan sport ta’limi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi hamda Singapurning ko‘p tarmoqli “Singapore International Sport College” vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ba-ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Zoom platformasi orqali tashkil etilgan muzokaralarda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev, Singapur Xalqaro menejment va sport kolleji rahbari Lim Junvey Joel, menejment va sport kolleji xalqaro marketing yo‘nalishi direktori Muhammad Abid Nur Babu hamda biznes, ta’lim va tadbirkorlik sohalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sport menejmenti, marketing va boshqaruv sohalarida qo‘shma seminarlar hamda mahorat darslarini tashkil etish, grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish, ilmiy izlanishlar, sportchilarning xalqaro tajribasini oshirish kabi masalalarda takliflar ilgari surildi.

Tomonlar sport ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy sport menejmenti tajribalarini o‘rganish, ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish borasida kelishuvlarga erishildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA