Paraosiyo o‘yinlarida yana uchta medal
Yaponiyada o‘tayotgan Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari medallar shodasini taqdim etishda davom etmoqda.
Xususan, erkaklar o‘rtasida T71/72 klasslarida 100 metrga yugurish bahslarida Xurshid Qodirov 15,40 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Hamyurtimiz oltin medal bilan birga Osiyo rekordini ham yangiladi.
Para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metrga kapalak usulida suzish bahsida Muslima Odilova 1:07.93 daqiqa natija bilan oltin, Mubinabonu Xalilova esa 1:19.73 daqiqa natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bronza medal Qozog‘iston vakilasiga nasib etdi.
S5 klassida chalqancha suzish bahsida Lolaxon Qodirova 42,97 soniya natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib kelib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash finalida Urganchbek Egamnazarov 6,17 metr natija bilan kumush, Qobiljon Shodiyev esa 5,74 metr natija bilan bronza medal sohibi bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA