Shveytsariya JCHda ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda hisobni ochib, yangi rekord o‘rnatdi
Shveytsariya milliy terma jamoasi guruh bosqichini “B” guruhida birinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Jazoir milliy terma jamoasi "J" guruhida uchinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
JCH–2026 1/16 finalida Shveytsariya milliy terma jamoasi va Jazoir milliy terma jamoasi o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda “qizillar” 2:0 hisobida g'alaba qozondi va nimchorak finalga yo'l oldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Bril Embolo Yohan Manzambining uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.
Mazkur gol evaziga Shveytsariya terma jamoasi jahon chempionatida ketma-ket to‘rtta o‘yinda birinchi bo‘lib gol urishga erishib, yangi milliy rekord o‘rnatdi.