Misr futbolchisi mundial tarixidagi antirekordni o‘rnatdi
Misr milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
Mohamed Hani JCH–2026 1/16 finalida Avstraliya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, mundial tarixidagi antirekord muallifiga aylandi.
1:1 hisobida yakunlangan va penaltilar seriyasida Misr milliy terma jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan uchrashuvda Xani avtogol muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa u 1966-yildan buyon yuritilayotgan statistikaga ko‘ra, bitta jahon chempionatida ikkita avtogol urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Hani avvalroq guruh bosqichining 1-turida Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda ham o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Misr milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.