Samarqanddan jahonga nazar soluvçi naşrning yangi soni öquvçilar qölida
Dunyo şiddat bilan özgarib, xalqaro maydonda yangi tendensiyalar va yondaşuvlar yuzaga kelayotgan bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatçilikka yetkaziş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maʼnoda, «Samarqandim» ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼrifiy, tarixiy, ommabop jurnalining 2026-yil 3-soni dolzarb va serqirra mavzularga boyligi bilan eʼtiborni tortadi.
Naşr sahifalarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasida sözlagan tarixiy nutqi hamda xalqaro hamkorlikka oid muhim qaraşlari keng yoritilgan. Xususan, global işonç inqirozi şaroitida davlatimizning oçiqlik, yaxşi qöşniçilik va özaro muloqot yölini tanlagani çuqur tahlil qilingan. Materiallarda davlat qudrati faqat iqtisodiy yoki harbiy salohiyat bilan emas, birinçi navbatda, inson qadri, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş bilan belgilanişi qayd etilgan.
Jurnalda taşqi siyosatdagi muhim qadamlar qatorida AQŞ bilan strategik şeriklik aloqalariga ham alohida örin berilgan. Samarqand şahrida ötkazilgan «C5+1» formatidagi uçraşuvlar, Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi doirasida erişilgan yirik kelişuvlar ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boşlab bergani öz ifodasini topgan.
Şuningdek, naşrdan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuniga bağişlangan «Soğayişdan farovonlik sari», «Mustaqillikka işonç uyğotgan yillar» hamda «Özbek orzusi» kabi tahliliy maqolalar örin olgan. Ularda sifatli taʼlim, uy-joy, munosib iş va osoyişta hayot har bir oila uçun haqiqatga aylanib borayotgani bayon etilgan. Bundan taşqari, Turkiyaning «Daily Sabah» naşrida eʼlon qilingan tahliliy maqola, maʼnaviy qadriyatlarimiz aks etgan «Imom Buxoriy ziyorati» hamda Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti, «Baku» jurnali boş muharriri Leyla Aliyevaning tarixiy xotira va şaxslarga bağişlangan «Mening bobom – Haydar Aliyev!» çiqişi kabi materiallar öquvçini befarq qoldirmaydi.
Ilmiy-maʼrifiy va madaniy yönalişda «Markaziy Osiyo – ilm-fan markazi», «Özbekiston ilm mayoğidir», «Söğdning unutilgan saroyi» hamda «150 ming yillik kaşfiyot» maqolalari orqali mintaqamizning boy tarixi va ilmiy salohiyati oçib berilgan. Xususan, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universitetining nufuzli «QS Asia University Rankings 2027» reytingida yuqori natija qayd etib, Osiyoning eng yaxşi universitetlari qatoridan joy olgani alohida taʼkidlangan. Sport sohasidagi yutuqlar esa Samarqandda yakunlangan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi, jahon şaxmat toji sari intilayotgan yoşlarimizning zafarlari va sport tarixidagi yangi sahifalar misolida yoritilgan.
Jurnalning uşbu soni ham yurtimizda keçayotgan bunyodkorlik jarayonlari, taşqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar, ilmiy yangiliklar va maʼnaviy merosimizni har tomonlama oçib beruvçi, puxta tayyorlangan analitik naşr sifatida çop etilgan, desak, xato bölmaydi.
Mohigul Qosimova, ÖzA