Noqonuniy «Umra» safari: ikki firma rahbari qölga tuşdi
Fuqarolarning muqaddas «Umra» ziyoratiga boriş istagidan foydalanib, noqonuniy daromad orttirmoqçi bölgan şaxslar aniqlandi. Toşkent va Samarqand viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda ziyoratçilarni Saudiya Arabistoniga yuborişni vaʼda qilib, ulardan minglab dollar olgan ikki sayyohlik firmasi rahbari uşlandi.
Maʼlum bölişiça, DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Bekobod şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari uşlandi. Uning «Umra» ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan holda, uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 3 450 AQŞ dollari olgani aşyoviy dalillar bilan foş etildi.
Mazkur holat yuzasidan firma rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şunga öxşaş holat Samarqand şahrida ham qayd etildi. Tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi rahbari tört nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni «Umra» ziyoratiga yuborişni vaʼda qilgan. Buning evaziga u 6 000 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan qölga olingan.
Ayni paytda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA