Samarqandda “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi
Samarqand viloyatida energiya resurslaridan samarali va qonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.
Ana shunday nazorat tadbirlaridan biri Samarqand tumanida o‘tkazilib, yirik miqdordagi qoidabuzarlik fosh etildi.
“Hududgazta’minot” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, tumanning “Shirinobod” MFYda joylashgan “S. I. D.” oilaviy korxonasiga qarashli parrandachilik fermasida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, ta’minot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanayotgani aniqlangan.
Ayni paytda holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 1,1 milliard so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA