Toshkentda "Tashkent Flowers Fest — 2026" gullar festivali bo‘lib o‘tadi
7-9-may kunlari poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida "Tashkent Flowers Fest — 2026" gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur yorqin tadbir soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etib, tashrif buyuruvchilar uchun kirish bepul etib belgilangan.
Festival doirasida nafaqat noyob gullar ko‘rgazmasi, balki taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsertlar, badiiy jamoalarning chiqishlari hamda turli interaktiv ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Hamroz Bayonov, O‘zA