Qo‘qon davlat universiteti Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Qo‘qon davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish va akademik imkoniyatlarni oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Shu yo‘nalishda Qo‘qon davlat universiteti hamda Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (Universitas Negeri Surabaya — UNESA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tajriba almashish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro yondashuvlarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’kidlash joizki, bunday xalqaro hamkorliklar Qo‘qon davlat universitetining ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalarini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini oshirish hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,O‘zA