Zamonaviy maktab — sifatli ta’lim maskani
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, yangi maktablar barpo etish, mavjud ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi sonining yil sayin ortib borishi ta’lim muassasalariga bo‘lgan ehtiyojni ham oshirmoqda. Bunday sharoitda xususiy ta’lim muassasalarining ko‘payishi o‘quvchilar qamrovini kengaytirish barobarida, ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Nukus shahrida yangi “Zeyin” xususiy maktabining faoliyat boshlashi ham ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Zamonaviy ta’lim muassasasi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirildi.
Qiymati 21 milliard so‘m bo‘lgan mazkur maktab bugungi kun talablari asosida barpo etilgan. Muassasa o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan.
[gallery-31337]
Maktabda zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, darslarni interaktiv va qiziqarli tashkil etish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda maktabda 220 nafarga yaqin o‘quvchi boshlang‘ich sinflarda tahsil olmoqda. Ta’lim jarayonida ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o‘qitishga ustuvor ahamiyat berilgan.
Maktabda fan, sport va ijodiy yo‘nalishlarda turli to‘garaklar tashkil etilgan. Bu o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA