Qarzdorning garovdagi krossoveri xatlandi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan bank oldidagi yirik qarzdorlikni undirish bo‘yicha navbatdagi ijro harakati amalga oshirildi.
Boshqarmaning Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga fuqaro M.N.dan «Agrobank» ATB foydasiga 332 million so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan edi. Qonunchilikda belgilangan tartibda ariza ish yurituviga olinib, tegishli surishtiruv va undiruv choralari boshlandi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor nomidagi mol-mulklar aniqlanib, bank krediti ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan transport vositasi — krossover tegishli tartibda xatlandi.
MIB viloyat boshqarmasi vakillarining ta’kidlashicha, ushbu chora undiruvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Qarzdorlik po‘l to‘lanmaguncha yoki ijro hujjati talablari to‘liq bajarilmaguncha, qonunda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari davom ettiriladi.
Moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish nafaqat ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini oladi, balki mol-mulkka nisbatan cheklovlar qo‘llanilishidan ham himoya qiladi.
Hamroz Bayonov, O‘zA