Sifatli mahsulot — xaridor talabi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi «Zamin Agro Oil» MCHJda zamonaviy texnologiyalar asosida paxta va kungaboqar moyi ishlab chiqarilmoqda. Qiymati 13,5 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida 70 nafar ishchi-xodimning bandligi ta’minlangan.
[gallery-30801]
Korxonada bir kecha-kunduzda 18 tonnagacha paxta moyi ishlab chiqarilib, «Zamin Agro», «Bekajon» va «Maxi Oil » nomlari ostida ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Korxona hududida yana bir yirik agroloyiha — 400 bosh qoramolga mo‘ljallangan chorvachilik majmuasini barpo etish ishlari boshlangan. Majmua to‘liq quvvatda ishga tushgach, tumanda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi dasturxonini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Qiziltepada agrar salohiyatdan samarali foydalanish, zamonaviy ishlab chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA