Qadim Ipak yölining ahamiyati tiklanmoqda
Ayni kunlarda Turkiyaning Igdir şahrida "Ipak yöli qayta tuğilişi" mavzusidagi xalqaro Kavkaz kongressi bölib ötyapti.
Anjumanda tarixiy Ipak yölini qayta tiklaş, Zangezur yölagining mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalaridagi örni, Örta yölakni rivojlantiriş kabi dolzarb masalalar muhokama qilinyapti. Prezidentlar Rejep Tayyip Erdoğan va Ilhom Aliyev kongress iştirokçilariga murojaat yölladi.
Kongressda Turk davlatlari bilan aloqa böyiça rahbar Kurşad Zorlu iştirok etib, mintaqaviy hamkorlik, transport va energetika yölaklari, Kavkazda tinçlikni taʼminlaş mavzulari qamrab olingan nutq sözladi.
Zorlu tarixiy Ipak yölining zamonaviy davomiyligi sifatida baholar ekan, Örta yölakning Xitoydan Yevropagaça bölgan savdo, transport va energetika aloqalarini kengaytirişdagi ahamiyatini taʼkidladi. Uning fikriça, Turkiya va Ozarbayjon strategik hamkorligi mintaqa çegaralaridan çiqib, geostrategik va geoiqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ozarbayjon Boku porti, Boku – Tbilisi – Kars temir yöli va umumiy energetika tarmoği orqali Kaspiy mintaqasini Anadolu bilan boğlayapti. Turkiya uşbu yönalişni Ğarbga uzaytirişida muhim örin tutadi.
Xitoy va Yevropa savdo aylanmasi salohiyati qariyb 800 milliard dollar. Örta yölak şu imkoniyat markazida joylaşgan. Maʼlumotga köra, dengiz orqali 45 kungaça davom etadigan Xitoy – Yevropa yuk taşiş jarayoni temir yölda 18 kungaça qisqaradi. 2025-yil Boku – Tbilisi – Kars temir yölida yuk taşiş hajmi olti barobar oşgan, Boku porti yuk aylanmasi 40 foiz köpaygan. Qozoğiston ham joriy yil şu yölak orqali taşiladigan yuk miqdorini 4,5 million tonnadan 7 million tonnaga yetkazdi.
Taʼkidlanişiça, 224 kilometrlik Kars – Igdir – Diluju – Naxçivon temir yöli qurilişi yakunlanib, Igdir Zangezur yölagi bilan boğlangaç, mintaqaviy transport aloqasi yanada rivojlanadi.
Turk davlatlari jahon gaz zaxirasining qariyb 11 foiziga ega. Turkiya hududidan jahon energetika oqimining taxminan 5 foizi ötadi. Örta yölak töliq işga tuşsa, bu körsatkiç 10 foiz kötariladi.
Ekspert Kavkazda barqaror tinçlik örnatilişi mintaqaviy loyihalar amalga oşirilişining muhim şarti ekanini taʼkidladi. Şuningdek, “Terrorsiz Turkiya” taşabbusini mintaqaviy tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratilgan dadil qadam sifatida baholadi. Sözi yakunida Kurşad Zorlu xalqaro hamkorlikni rivojlantirişda bunday anjumanlar beqiyos ahamiyat kasb etişini aytib, navbatdagi uçraşuvni Naxçivonda ötkaziş taklifini bildirdi.
Nodira Qayumova, ÖzA
Turkiya