Madyar: Vengriya Ukrainaga 45 milliard yevrolik kreditda iştirok etmaydi
BelTA xabariga köra, Vengriya Ukrainaga ajratiladigan 45 milliard yevrolik kreditda iştirok etişni istamaydi va avvalgidek, bu miqdorni butun Yevropa Ittifoqi emas, balki birlaşmaning faqat 24 davlati taʼminlaşi mumkin. "RIA Novosti" yozişiça, bu haqda Boş vazir Peter Madyar maʼlum qilgan.
– Menimça, Yevropa Ittifoqida ötgan yil 90 milliard yevro miqdorida Ukrainani moliyalaştiriş böyiça kelişuvga erişilgandagidek harakat qiliş imkoni hali ham bor, – dedi u Karpat orti mintaqasida, Beregovoda Vladimir Zelenskiy bilan birga uyuştirilgan matbuot anjumanida. Hozir gap 45 milliard yevro haqida ketyapti. Bu miqdorni töplaşda YEIga aʼzo 24, 23 yoki 25 davlat iştirok etişi mumkin.
Şuningdek, hukumat boşliği YEIning yetti yillik byudjetini Ukrainani moliyalaştiriş bilan boğlaşga mutlaqo qarşi ekanini taʼkidladi.
YEI mamlakatlarining 2026-2027-yillarga möljallangan Ukraina moliyaviy ehtiyojini qoplaş uçun 90 milliard yevro miqdorida qöşma qarz oliş töğrisidagi qarori 2025-yil dekabr oyida bölib ötgan YEI sammitida qabul qilingan. Vengriya, Slovakiya va Çexiya kreditni taʼminlaşda iştirok etmasligini bildirgan.
A.Mamatov,ÖzA