GFRning SIga asoslangan yangi dronlari xalqaro qonunlarga zidmi?
Germaniya Qurolli kuçlari – Bundesver uçun işlab çiqarilayotgan yangi sunʼiy intellektga asoslangan dronlar xalqaro gumanitar qonunlarga zid kelişi mumkin, deb yozgan “Süddeutsche Zeitung” gazetasi Bundestag ekspert komissiyasi xulosasiga tayanib.
– Bundestag ilmiy xizmati mutaxassislari Bundesverning SI tomonidan boşqariladigan, töliq inson nazorati ostida bölmagan şahid dronlaridan foydalanişi bilan boğliq xalqaro huquqiy nuqtai nazardan jiddiy savollar borligini qayd etmoqda, – deyilgan hisobotda.
Mutaxassislar fikriça, bunday uçuvçisiz uçoqlar töliq avtonom işlaydi, inson faqat uçiriş va yönaltiriliş jarayonini nazorat qila oladi. Yaʼni, vaziyat tösatdan özgarişi köp qurbonlarga olib kelişi ham mumkin.
Bundesver “Helsing”, “Stark” va “Rheinmetall” konsernlaridan şunga öxşaş harbiy texnikani faol ravişda sotib olmoqda. Mazkur vositalar asosan Litvada joylaşgan 45-tank brigadasini jihozlaşga möljallangan.
Sönggi yillarda Rossiya ğarbiy çegarasi böylab NATO misli körilmagan darajada faollaşayotganini taʼkidlab keladi. Ittifoq öz taşabbusini kengaytirib, bu saʼy-harakatni “töxtatuvçi” deya taʼriflamoqda. Moskva Alyansning köhna qitʼadagi kuçlarini köpaytirişidan bir neça bor xavotir bildirgan.
S.Rahimov, ÖzA