"Prezident olimpiadasi": Toşkent şahri jamoasi yetakçilikka erişmoqda
Bugun, 6-noyabr kuni “Prezident olimpiadasi”ning ön birinçi musobaqalar kunida 5 ta yönalişda ğolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Çirçiqdagi Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida boks, “Olimpiya şaharçasi” sport maydonlarida para taekvondo, para yengil atletika, suziş, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida golbol musobaqalarining final bahslari bölib ötadi.

Keça Çirçiqda yoş boksçilar örtasida ötkazilgan yarim final janglari natijasiga köra, boksçi qizlar örtasida Jizzax viloyati vakillarining 6 nafar, Farğona va Samarqand viloyatining 3 nafar, Navoiy va Andijonning 2 nafar, şuningdek, Namangan, Buxoro, Toşkent va Xorazm viloyatlarining 1 nafardan vakillari final yöllanmasini qölga kiritdi.
Boksçi ösmirlar örtasidagi yarim final janglarida esa Jizzax 4, Toşkent viloyati va poytaxtning 3, Qaşqadaryo va Andijonning 2, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Farğona, Xorazm va Qoraqalpoğiston Respublikasining 1 nafardan aʼzolari “Prezident olimpiadasi” oltin medallari uçun jang ötkaziş huquqiga ega çiqdi.
“Prezident olimpiadasi”ning öninçi kungi şiddatli bellaşuvlari sarhisobiga köra, Toşkent şahri jamoasi 24 ta oltin, 18 tadan kumuş va bronza medallari bilan umumjamoada yetakçiga aylanib oldi.
Keyingi poğonalarni band etgan Samarqand viloyati vakillari hisobida 21 ta oltin, 19 ta kumuş va 23 ta bronza medali mavjud. 3-örindan joy olgan Xorazm viloyati jamoasi 21 ta oltin, 14 ta kumuş va 23 ta bronza medaliga egalik qilib turibdi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA